У нас есть только
оригинальные песни

Davlat soliq qo'mitasi ishga taklif etadi

calendar 14.01.2018
1586

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi davlat soliq xizmati organlaridagi bo'sh bo'lgan lavozimlarga ishga taklif qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarining rahbarlik va inspektorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilish hamda lavozimlariga tayinlash O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o'tash to'g'risida»gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Soliq organlari xizmatiga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeidan qat`i nazar, o'zlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, ma`lumoti darajasiga va salomatligiga ko'ra, davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta`minlashga qodir bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari o'rta maxsus darajadan kam bo'lmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisoslik bo'yicha ma`lumotga ega bo'lgan shaxslar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Talabgorlar o'zlari uchun qulay bo'lgan hududiy davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilishlari mumkin.

https://soliq.uz/uz/about/regional_offices/

https://my.soliq.uz/officers/index?lang=uz

Murojaat uchun telefon:

(0371) 244-97-22, 244-98-48, 244-97-16

Яндекс.Метрика