У нас есть только
оригинальные песни

Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari o‘z lavozimidan ozod etildi

calendar 15.04.2016
895

Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Begalov Baxodir Abdusalomovich boshqa ishga o‘tishi munosabati lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi qaroriga muvofiq, Begаlov Bаxodir Аbdusаlomovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarnomada.

Baxodir Begalov 1968-yilda tug‘ilgan. 1992-yilda Moskva iqtisodiyot-statistika institutini bitirgan. Iqtisodiy fanlar doktori, professor. U 2012-yilning mayidan buyon statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Яндекс.Метрика