Davlat xavfsizlik xizmati to'g'risidagi qonun ma`qullandi

Senatorlar «O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to'g'risida»gi qonunni ma`qulladi. 

O'zA xabariga ko'ra, mazkur qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 14 martdagi “O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. 

O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan. 

Xizmat O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiladi. 

Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish bo'yicha faoliyat olib boradi. 

O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo'yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradi. 

O'zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo'riqlaydi va himoya qiladi. 

Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog', giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ'ib etishga qaratilgan buzg'unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish bo'yicha faoliyat olib boradi. 

Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta`minlaydi. O'zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma`naviy merosini himoya qiladi. 

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta`minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish bo'yicha kurash olib boradi. 

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta`minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi. 

Davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi. 

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatiga oid ana shunday me`yorlar aks etgan qonun muhokamasi yuzasidan so'zga chiqqanlar jahonda va mintaqamidagi mavjud murakkab vaziyat, terrorchilik va boshqa transmilliy jinoyatlarning kuchayayotgani xavfsizlikni kuchaytirishni taqozo etayotgani qayd etdi. Davlat xavfsizlik xizmatining mustahkam qonunchilik asosi yaratilgani bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining tashkiliy-huquqiy mexanizmi yaratilgani demokrtishtirishga oid davlatimiz siyosatiga ham to'liq mos keladi. Qonun tizimning xalq uchun ochiqligi ta`minlanishiga zamin yaratadi. 


Комментарии (0) | Добавить: 29.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi