У нас есть только
оригинальные песни

Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari belgilandi

calendar 14.03.2018
1230

O'zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi» farmonini imzoladi.

Hujjatga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo'nalishlari, asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari belgilangan.

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo'nalishlari quyidagilar:
Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yo'nalishlarini aniqlab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;
bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta`sirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni e`tiborga olgan holda davlat xavfsizligini ta`minlash borasidagi vazifalarini bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta`minlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma`lumotlar oshkor bo'lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og'ishmay rioya etilishini kafolatlaydigan ta`sirchan mexanizmlarni joriy qilish;
O'zbekiston Respublikasining manfaatlarini hisobga olgan munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;
mehnatga munosib haq to'lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari:
O'zbekiston Respublikasining davlat xavfsizlik xizmati va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta`minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo'yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
O'zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo'riqlash va himoya qilish;
O'zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo'yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog', giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasia qarshi kurashish;
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ'ib etishga qaratilgan buzg'unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta`minlash, O'zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma`naviy merosini himoya qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta`minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo'yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta`minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;
Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuyuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.

2018 yilning 1 aprelidan O'zbekiston Respublikasining o'ta muhim va toifalangan ob`yektlarida qo'riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta`mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish - O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, rejimli mudofaa ob`yektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta`mirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilgani to'g'risidagi ma`lumotnoma berish - O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga o'tkazilgan.

Яндекс.Метрика