У нас есть только
оригинальные песни

Davlat xizmatlarini ko'rsatishda ma'muriy jarayonlarning roli va ahamiyati

calendar 27.01.2016
981

Ma'muriy jarayonlar nima?

Davlat xizmatlarini ko'rsatishda ma'muriy jarayonlarning roli va ahamiyatini ko'rib chiqishdan avval ushbu maqolada qo'llaniladigan iboralar bo'yicha to'xtalib o'tamiz.

Tasavvur qilaylik, davlat organi o'zi ko'rsatadigan xizmat turlarini YaIDXP yordamida interaktiv formatga o'tkazishi talab yetildi. Ushbu jarayonga litsenziya, spravka, guvohnomalar va shu kabi hujjatlar olish bo'yicha fuqarolar/biznes va davlat organlari orasidagi o'zaro aloqalar misol bo'lib xizmat qila oladi. Xizmatlarni internet orqali samarali ko'rsatishning asosiy talablaridan biri bu aniq belgilangan ma'muriy jarayondir.

Ma'muriy jarayon bu ma'muriy-boshqaruv vakolatlarini amalga oshirish bo'yicha qabul qilingan normativ tartib bo'lib individual ma'muriy masalalarni hal qilish yoki boshqaruv funktsiyalarini bajarish uchun yo'naltirilgan.

Ma'muriy jarayon – davlat boshqaruvi yoki mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan ma'lum vazifani bajarishga qaratilgan harakatlar ketma-ketligi (algoritmi) tushuniladi.

Davlat xizmatlari – aholining talablaridan kelib chiqqan holda davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan xizmat turlari nazarda tutiladi. Davlat xizmatlarini davlat tomonidan tegishli vakolatlar berilgan boshqa tashkilotlar ham qonun doirasida amalga oshirishlari ko'zda tutilgan.

10 yil avval davlat organlarida, yuristlar va professional tashkilotlar doiralarida hech kim «davlat xizmatlari» tushunchasi haqida tasavvurga ham yega bo'lmagan bo'lsa, bugungi kunga kelib interaktiv va yelyektron ko'rinishidagi davlat xizmatlari haqida barcha yetarlicha ma'lumotga yegadir. Ta'kidlash joizki, 2015 yilning bahorigacha davlat xizmatlari tushunchasining o'zi mavjud yemas yedi va uni hamma o'zicha talqin qilar yedi. Davlat xizmatlarini taklif yetish jarayoni ham davlat organlarining o'z xizmat turlarining yo'nalishi bo'yicha va o'z vakolatlari doirasida amalga oshirar yedilar. Davlat xizmatlari bo'yicha umumiy tushuncha va belgilar mavjud yemas va yendigina shakllantirilmoqda yedi.

«Davlat xizmatlari» va «ma'muriy jarayon» kabi yangi huquqiy institutlarning vujudga kelishi O'zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan davlat xizmatlarining yelyektron tizimini shakllantirishda asosiy omil bo'lgan yelyektron hukumatini vujudga keltirish va uni rivojlantirish va shu bilan birga qonunchilikni yangi pog'onaga yuksaltirish masalalariga alohida ye'tibor qaratgani tufaylidir.

Ma'muriy jarayonlarning mavjud yemasligi davlat organlari faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, chunki amaldagi normativ-qonuniy aktlarda ko'pgina muhim yelyemyentlar hisobga olinmagan (ko'pgina jarayonlar ko'rsatib o'tilmagan, shikoyat qilish tartibi ye'tborga olinmagan, davlat organlari xodimlari uchun ichki reglament yo'qligi va shu kabilar) va shu asnoda davlat organlari ichida davlat xizmatchilarining ikki guruhi vujudga keladi: birinchi guruh davlat xizmatlarining sifatini yaxshilashni va ularni yelyektron shaklga o'tkazishni talab qiladi (odatda rahbarlar); ikkinchi guruh xizmatlarni talab darajasida ko'rsata olmaydi, chunki ular rahbariyat tomonidan talab qilinadigan shaklga mos bo'lmagan amaldagi normativ qonunlarni qo'llashga majburdirlar. Buning uchun, ma'muriy jarayonlarni ishlab chiqish va unifikatsiya qilish talab yetiladi.

Ma'muriy jarayonlarning davlat xizmatlarini ko'rsatishdagi o'rni va ahamiyati

Amalda, bugungi kunda davlat organlari faoliyati davomida davlat xizmatlari bo'yicha bir-biriga o'xshash iboralar qo'llanilmoqda, ammo ushbu o'xshash iboralarning ma'nosi barcha davlat organlarida turlicha talqin qilinadi. Har bir davlat organining davlat xizmatlari bo'yicha o'z tushunchasi mavjud. Davlat xizmatlari, hujjat shakllari va blanklari yagona Reestri to'ldirish amaliyoti bunga yaqqol misol bo'la oladi. Masalan, ko'pincha davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojatlari va davlat organi boshqaruvining qabul kunlari haqidagi ma'lumotlarni joylashtirish davlat xizmatlari qatoriga kiritiladi. O'zbekiston Respublikasidagi davlat xizmatlarini ko'rsatish va ma'muriy jarayonlar institutining yoshligi va hali to'liq shakllanmaganligi bunday vaziyatning asosiy sabablaridan biridir.

Ma'muriy jarayonlar davlat vazifalarini bajarishga oid umumiy qoidalar va omillarini tartibga soladi. Shu bilan birga, ushbu jarayonlar jismoniy va yuridik shaxslar orasidagi o'zaro munosabatlarga (ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish, olish, muddatini uzaytirish bo'yicha ariza topshirish va uni ko'rib chiqish, ro'yxatga olish, kompensatsiya, kafolat va imtiyozlar berish va yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va yerkinliklariga tegishli bo'lgan boshqa qarorlarni qabul qilish) yo'naltirilgan davlat organlarining qonuniy vakolatlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan davlat xizmatlari ko'rsatishni o'z ichiga qamrab oladi.

Ma'muriy jarayonlar quyidagi imkoniyatlar yaratadi:

1. Jarayonlarni unifikatsiyalash
2. Xizmatlardan foydalanuvchilar uchun tushunarli bo'lish
3. Noqonuniy harakatlarni aniqlash tartibi
4. Xizmat ko'rsatish muddatlarini kechiktirganligi uchun javobgarlik mexanizmini vujudga keltirish va qo'llash 
5. Xizmat ko'rsatish sifatini baholash

Ishchi guruh tomonidan 2015 yilda ishlab chiqilgan «Ma'muriy jarayonlar to'g'risida» Qonuni loyihasiga binoan, ma'muriy jarayon qo'llanilishi talab qilinadigan qonunbuzarliklar quyidagilardir:

1) Tegishli shaxslarni ro'yxatga olish;
2) Mol-mulkga yegalik huquqini ro'yxatga olish;
3) Ma'lum turdagi faoliyatlarni ro'yxatdan o'tkazish;
4) Ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim yetish; 
5) Yer maydonlarini, yer boyliklari maydonlarini, o'rmon maydonlarini, suv resurslarini nazorati, shuningdek, shu kabi maydonlarni va ob'ektlarni mulkdorlardan yoki qonuniy yegalaridan tortib olish;
6) Tegishli shaxslarga davlat hisobidan subsidiyalar, kompensatsiyalar, moliyaviy va boshqa yordam turlari, kvotalar, kafolatlar, imtiyozlar va boshqa ustunliklarni yaratish;
7) Davlat mulki va mulk huquqlarini boshqarish;
8) Tegishli shaxslarga davlat uy joy zaxirasidagi binolardan joy ajratish va ulardan foydalanish;
9) Davlat nafaqalari va yordam pullarini hisoblash, qayta ko'rib chiqish va to'lash;
10) Tegishli shaxslarga qonuniy imtiyoz va ustunliklaridan foydalanish huquqini beruvchi maqomni berish;
11) Tegishli shaxslarga nisbatan davlat attestatsion-ekzamenatsion faoliyatini qo'llash;
12) Yuridik ahamiyatga yega bo'lgan rasmiy hujjatlarni berish;
13) Bojxona va soliq faoliyatini boshqarish;
14) Mahsulotlarni (ish, xizmat ko'rsatish) standartizatsiyalash va sertifikatsiyalash;
Yuqorida keltirilganlarning deyarli barchasi (11 va 13 bandlardan tashqari) davlat xizmatlari sirasiga kiradi. Xulosa shuki, istisnosiz barcha davlat xizmatlari ma'muriy jarayonlar orqali amalga oshiriladi. 
Shu birga birga, ma'muriy jarayon ishtirok yetmaydigan huquqiy faoliyatlarni ham ta'kidlab o'tish lozimdir. Ular quyidagilardir:
1) davlat organlarining qonunchilik faoliyati;
2) tegishli shaxslarning huquqlariga ta'sir qilmaydigan davlat organlarining tashkiliy boshqaruv va ichki tashkiliy faoliyatlari;
3) harbiy xizmat va ichki ishlar organlari kabi davlat xizmatlarini o'tash orqali davlat organlari va ular qoshidagi tashkilotlarda vujudga keluvchi mehnat va boshqaruv munosabatlari;
4) jinoiy choralar bilan bog'liq bo'lgan tezkor-qidiruv, tergov va shu kabi boshqa faoliyatlar;
5) davlat organlari ishtirokidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlar;
6) sud ishlari va sud aktlarini majburiy ravishda amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar;
7) konsullik faoliyatidan tashqari bo'lgan tashqi siyosiy faoliyat.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida ma'muriy jarayonlar mavjud yemas degan fikr noto'g'ri bo'ladi. Ma'muriy jarayonlar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida tutgan o'rni yaqqol ko'rinadi va u asosan davlat xizmatlarini ko'rsatishda muhim rol o'ynaydi. Deyarli barcha davlat xizmatlari normativ huquqiy boshqaruvga yega bo'lib shu orqali davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibi, vaqti va boshqa talablarni aniqlashtirib beradi.

Hozirgi kunda, ma'muriy jarayonlar ko'pgina qonunlar orqali tartibga solingan. Shu bilan birga, milliy huquqiy bazasining yaratilishi davomida ma'muriy jarayonlarning umumiy standartlarining mavjud bo'lmaganligi ularning fragmentliligi va turli xil yondashuvga yegaligi bilan farqlanishiga olib keldi.

Hozirgi vaqtga kelib ma'muriy jarayon bo'yicha ahamiyatga yega bo'lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar ushbu institutning ma'lum bir yelyemyentlarining sistematik yondashuvsiz vujudga kelmoqda. Odatda, har bir ko'rsatilgan qonunlar asosida muhim talablarga doimo ham javob bermaydigan qonun osti va ichki ma'muriy aktlar qo'llaniladi.

Bundan tashqari, turli davlat organlarining xizmat ko'rsatish jarayonida o'zaro hamkorlik masalalari bo'yicha aniq, tushunarli va imkoni boricha oddiy tartibini ishlab chiqish jiddiy ye'tiborni talab qiladi. Davlat xizmatlarini ko'rsatish tartiblarini ishlab chiqish jarayonida qonuniy aktning muallifi odatda yuridik texnika va o'zi faoliyat yuritayotgan davlat organining talablarini inobatga oladi, shu sababli unda davlat xizmatlari ko'rsatish tartibi bo'yicha umumiy talablar yo'q.

Davlat xizmatlarini ko'rsatishni tartibga soluvchi normativ qonunlarda odatda ariza topshiruvchi shaxs, uning kelajakdagi faoliyati (litsenziyalash), zarur hujjatlar bo'yicha bo'lgan talablar ko'rsatilib, shu kabi shaxslarga nisbatan sirtqi harakatlar amalga oshiriladi. Misol uchun, tamaki xom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash xizmat ko'rsatish tartibini ko'zda tutadi. Ammo nizomda faqatgina hujjatlar va ariza topshiruvchi shaxsga bo'lgan talablargina belgilangan va unda aytilishicha, ariza ishchi guruhi tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi. Unda arizani ko'rib chiqish tartibi, muddati, komissiya tuzish tartibi, litsenziyalovchi organ tomonidan ariza ko'rib chiqish muddati o'tib ketgan holdagi vaziyatlar belgilanmagan va shikoyat qilish tartibi ko'rsatib o'tilmagan. Bunga ko'ra, davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida davlat organlari uchun ichki jarayonni tartibga solish mexanizmlari mavjud yemas. Bu kabi masalalar ma'muriy jarayonlar bo'yicha qabul qilingan qonunlar bilan hal qilinadi.

Xizmat ko'rsatish davridagi ariza beruvchi shaxsning qonunchilik talablariga javob bermagan hujjatlarini qaytarish tartibi jiddiy ye'tiborni talab qiluvchi asosiy amaliy jarayonlardan biridir. To'liq bo'lmagan hujjatlar xizmat ko'rsatishni rad qilish uchun asos bo'lib kelmoqda . Shu asosda qaytarilgan hujjatlar ariza beruvchi shaxs tuzatishlar kiritilgan hujjatlar to'plamini davlat organiga ko'rib chiqish bojlarini to'lash yoki to'lamagan holda qaytadan topshirishga majburdir. Shunday vaziyat vujudga kelyaptiki, bunda bitta ariza bo'yicha topshirish va ko'rib chiqish bilan bog'liq ikkita yuridik harakat kuzatilmoqda. Bunday holatda, to'liq bo'lmagan hujjatlar to'plami xizmat ko'rsatishni rad yetish uchun asos yemasligi va ariza beruvchi shaxs tuzatishlar kiritilgan hujjatlar to'plamini qaytadan topshirish huquqini davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibiga oid barcha qonuniy huquqiy aktlarda belgilash takliflari kiritilmoqda. Shu bilan birga, to'liq bo'lmagan hujjatlar to'plami boshlang'ich pog'onada - ya'ni, ariza va hujjatlar qabul qilish pog'onasi, undan so'ng davlat organi tomonidan hujjatlar to'liq yemasligi asosida ularni qaytarish huquqi yo'qotiladi - aniqlanishi maqsadga muvofiq bo'lardi. Noto'g'ri yoki yolg'on ma'lumotlar taqdim yetish bunga kirmaydi va bu kabi holatlar yakka tartibda qonunbuzarlik sifatida ko'riladi. Shu bilan birga, ariza beruvchining hujjatlarni to'ldirish uchun ketgan muddati xizmat ko'rsatish muddatiga kiritilmaydi va to'liq hujjatlar to'plami topshirilgandan so'nggina qayta tiklanadi.

Sifatli Davlat xizmatlarini ko'rsatishda ma'muriy jarayonlar o'rnatilgan umumiy tartib, muddatlar, hujjatlar ro'yxati, noqonuniy harakatlar bo'yicha shikoyat qilish, davlat xizmatlari bo'yicha talabgordan murojaat olgan davlat organlarining ichki faoliyatlarini tartibga solishni aniq kafolatlash orqali juda muhim ahamiyat kasb yetadi. Bugungi kundagi davlat xizmatlarini ko'rsatish amaliyotida qator kamchiliklar kuzatilmoqda. Bu asosan davlat xizmatlariga tegishli bo'lgan barcha jarayonlarning aniq tartibga solinmaganligi bilan bog'liq (tashqi munosabatlarda -davlat organi va ariza topshiruvchi orasidagi munosabatlar va shu bilan birga ichki idoraviy munosabatlarda - davlat organlarining ichki faoliyatida).

Albatta, yuqorida keltirilgan barcha masalalar jiddiy ye'tiborni va normativ tartibga solishni talab yetib, “Ma'muriy jarayonlar” haqidagi qonunning qabul qilinishi (2015 yilning 9 dekabrida O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Elektron hukumat” Qonuni bilan bir qatorda) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. “Ma'muriy jarayonlar” bo'yicha qabul qilingan Qonun davlat organlarining faoliyatini tushunarli va oddiy ravishda tartibga solish imkoniyatini yaratadi (“murakkab” davlat xizmatlarini ko'rsatishda idoralararo hamkorlik masalalarini ham qamrab olgan holda) va yeng muhimi, fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish tushunarliroq va yengilroq ko'rinishga yega bo'lib, bu o'z navbatida ishbilarmonlik sektorining rivojiga sezilarli turtki bo'lib xizmat qiladi.

Muallif: Xamidov Ilxom Yerkinovich, BMTTD «Elektron xukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish» loyihasining Huquqiy masalalar bo'yicha mutaxassisi, Toshkent davlat yuridik universitetining mustaqil izlanuvchisi.

Яндекс.Метрика