У нас есть только
оригинальные песни

Davron Kabulov: Yangilangan “Million” oldingisidan kuchli bo‘ladi

calendar 14.02.2018
2929

Davron Kabulov “Million” jamoasi joriy yil 30-martidan 5-apreliga qadar “Istiqlol” san’at saroyida yangi dasturini taqdim etishini ma’lum qildi

Mazkur konsertda jamoa avvalgi tarkibda ishtirok etmaydi. Bunga Davron Kabulovning o‘zi shunday izoh bergan:

“Turli sabablarga ko‘ra Umid Umarov, Otabek Mirzaxolov, Shahlo Zoirova va Ahmad Temurov jamoani tark etishdi. Ular haqida yaxshi yoki yomon fikr bildirmayman. Hammaning o‘ziga insof bersin. Asosiysi, jamoaning Mirkomil va Alisher kabi ustunlari, tirikchilik bahona vijdoniga qo‘shib do‘stini sotib yubormaydigan Umidlar hamon ‘Million’ni yanada rivojlantirish yo‘lida izlanishmoqda”.

Yangilangan “Million” qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Avvalgisi kabi qiziqarli chiqishlarni kutish mumkinmii? Bu savollarga Davron Kabulov shunday javob beradi:

“Tabiiyki, ‘Million’ bir aktyorning jamoasi emas va tarkibda yangi, bir vaqtning o‘zida sizga juda tanish nomlarga guvoh bo‘lasiz. Xudo xohlasa, jamoa ko‘p vaqt o‘tmay oldingisidan kuchli bo‘ladi”. 

Яндекс.Метрика