У нас есть только
оригинальные песни

Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

calendar 05.01.2017
1740

Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Uzreport xabar bermoqda.

 

Davron Nazarmuhamedov bu lavozimda 2015-yil iyunidan beri ishlab kelayotgan Tursunpulat Tashpulatovni almashtirdi.

Qayd etish joizki, Davron Nazarmuhamedov 2014-yil sentabridan 2015-yil iyunigacha bu lavozimni egallagandi. 2015-yilning aprelida u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i Abdusalom Azizov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

Яндекс.Метрика