У нас есть только
оригинальные песни

Dazmolni qanday tozalash kerak? 4 oddiy maslahat

calendar 27.08.2017
1372

Dazmolning tagidagi qasmoq – nafaqat buyumlarni, balki sizning kayfiyatingizni ham buzadigan yoqimsiz narsa. Dazmolni tez-tez tozalamaslik uchun uni to‘g‘ri ishlatishga harakat qiling: harorat tartibiga rioya qiling va buyumlarni yorliqlarida ko‘rsatilgan haroratda dazmol qiling. Masalan, ipak uchun 110°C, paxta uchun — 200°C, junni esa yaxshisi 140°C da va ho‘l latta ustidan dazmollagan ma’qul.

Dazmolni tuz bilan tozalash

Dazmol taxta ustiga sochiq yoki latta to‘shang. Uning ustiga 1 osh qoshiq yirik tuz seping. Dazmolni yuqori haroratda qizdiring, unchalik qattiq bosmasdan tuz sepilgan sochiqni dazmollang. Bunda dazmol tagidagi qasmoq tuzga yopishib qoladi, dazmol yuzasi esa asta-sekin tozalanadi.

Dazmolni tuz va sirka aralashmasi bilan tozalash

Teng miqdorda olingan tuz va sirkani aralashtiring va o‘rtacha olovda tuz eriguncha qizdiring, lekin qaynatib yubormang. Aralashmani biroz soviting, unga lattani botiring va ehtiyotlik bilan dazmol tagini arting. Keyin sirkaga botirilgan boshqa latta bilan eritma qoldiqlarini artib tashlang. Dazmolni yoqing va butunlay toza bo‘lishi uchun keraksiz sochiq yoki lattani dazmollang.

Dazmolni tish pastasi bilan tozalash

Unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda tish pastasini dazmolning kirlangan joylariga suring. Biroz kuting, keyin esa pastani latta bilan artib oling. Dazmolni qizdiring va keraksiz matoni dazmollang.

Dazmolni soda bilan tozalash

Sodani suv bilan bo‘tqa holiga kelguncha aralashtiring. Bu aralashmani latta bilan dazmolning tagiga suring. Keyin toza latta bilan dazmol tagidagi soda qoldiqlarini olib tashlang.

Яндекс.Метрика