У нас есть только
оригинальные песни

Demba Ba Xitoy Superligasi o'yini vaqtida qo'rqinchli darajada jarohat oldi (+18)

calendar 17.07.2016
3322

"Shanxay Shenxua" jamoasi hujumchisi Demba Ba Xitoy Superligasining 17-turida "Shanxay SIPG" jamoasiga qarshi o'yin vaqtida jiddiy jarohat oldi. 

O'yinning ikkinchi bo'limi vaqtida "Nyukasl" va "Chelsi" jamoalarining sobiq futbolchisi ortidan kelgan raqibning harakatidan keyin oyog'ini sindirib oldi. Bu holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Futbolchi bu jarohat tufayli uzoq vaqtgacha futbol o'ynay olmasligi, hatto faoliyatini yakunlashi mumkin.

31 yoshli Demba Ba "Shanxay Shenxua" jamoasiga o'tgan yilning yozida Turkiyaning "Beshiktosh" jamoasi safidan kelib qo'shilgandi.

Яндекс.Метрика