У нас есть только
оригинальные песни

Demi Mur basseynidagi jasad bilan bog‘liq hodisani sharhladi

calendar 20.07.2015
2512

Gollivud aktrisasi Demi Murga qarashli uyning basseynidan 19-iyul, yakshanba kuni erkak kishining jasadi topilgan edi. Politsiya 21 yoshli Edenilson Stiven Uellsning o‘limini baxtsiz hodisa deb hisoblamoqda, deb xabar beradi "Korrespondent.net”. 
 "Men shok holatidaman. Hodisa haqida xabar qilishganda, mamlakat tashqarisida edim. Farzandini yo‘qotish – juda katta fojia. Men yigitning qarindoshlari va do‘stlariga hamdardlik bildiraman”,—deydi Demi Mur. Yakshanba tongida 911 xizmatiga anonim qo‘ng‘iroq qilingandan so‘ng, politsiya va tez yordam xodimlari aktrisa uyiga yetib borgan edi. Erkakning o‘limi tonggi 5:34 da qayd etilgan.
Яндекс.Метрика