У нас есть только
оригинальные песни

Demokratlarga Trampning inauguratsiyasi marosimiga chiptalar berishmayapti

calendar 14.01.2017
789


AQSh Demokratik partiyasidagilar AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali marosimga chipta olishda yuzaga kelgan muammolar haqida gapirib berdi, deb yozadi “RIA Novosti” partiyaning o‘z rahbariyati uchun tantanalarga chiptalar tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi xodimlariga tayanib.

Respublikachilar partiyasi a’zolari chiptalarni “avtomatik tarzda” qo‘lga kiritadi, demokratlar esa taklifnomalar uchun so‘rov berishga majbur, va hatto bu ham demokratlarning chipta olishiga kafolat bermaydi.
“Bu shunchaki adolatsiz bo‘lib qolmay, bizning partiyalarimiz o‘rtasidagi jarlikni ham kattalashtiradi va biz bilan hisoblashilmasligini tasdiqlaydi”, — deya fikr bildirdi Kim Fuller, u vakillar palatasi a’zosi Gregori Miksning inauguratsiyadagi ishtirokini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.
O‘z navbatida, partiyaning ikki vakili ushbu muammo inauguratsiya marosimi bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitaning tartibsizligi bilan bog‘liqligini taxmin qildi.

Яндекс.Метрика