У нас есть только
оригинальные песни

Deniel Kreyg nega Putinning rolini ijro etmasligini aytdi

calendar 13.11.2015
1929

Taniqli aktyor Deniel Kreyg nega ekranda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning obrazini gavdalantirmasligini aytdi.

Rossiyalik jurnalistning u tashqi qiyofasi bilan Putinni eslatishini, shu bois kelajakda bu davlat arbobining rolini ijro etish niyati bor-yo'qligi haqidagi savoliga javoban Kreyg komil ishonch bilan “Yo'q” degan javobni berdi.

“Personajlarim film oxirida halok bo'lishini yoqtirmayman”, - tushuntirdi Kreyg.
Shuningdek, u yaqinda premerasi bo'lib o'tgan “007: Spektr” filmining suratga olinish jarayoni haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi, jumladan, qattiq charchagani bois dunyo bo'ylab sayohat qilib suratga tushish ham uning ko'nglini ovuta olmaganini ta'kidladi.

Яндекс.Метрика