Depressiyadan qanday chiqish mumkin?

Psixologlarga eng ko'p beriladigan savol qaysi, bilasizmi? Bu - "Depressiyadan qanday chiqish mumkin?" degan savol. Bunday savol beruvchilarning hammasi ham depressiyaga chalingan deyish noto'g'ri. Ba'zi odamlar shunchaki yomon kayfiyat yoki ma'yuslikni depressiya bilan adashtirishadi. Biroq vaqtida davolamasa, depressiya engil shakldan suitsid shaklga o'tishi ham mumkin. 

Dam oling
Agar sizning depressiyangiz charchash natijasida yuzaga kelgan bo'lsa, hech narsaga e'tibor bermay dam oling.

Ikki haftalik otpusk olib, uni butkul o'zingizga bag'ishlang: kitob o'qing, yaxshilikka chorlovchi filmlar ko'ring, do'stlaringiz bilan muloqot qiling, to'yguningizcha uxlang, o'zingiz yoqtirgan shirinliklardan iste'mol qiling.

Sayohat qiling
Sharoitni o'zgartirish va yangi yoqimli taassurotlarga ega bo'lish har bir insonga kerak, qiyin kunlarni boshdan kechirayotganlar uchun esa ular hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi. 

Sayohat yo'nalishini moliyaviy ahvolingizdan kelib chiqib tanlang: xorijdagi dam olish zonalarida orom olish yaxshi, albatta, ammo vatanimizda ham maroqli hordiq chiqarish mumkin.

O'z xobbingizga ega bo'ling!

Sevimli ish bilan shug'ullanish va o'xshash fikrlovchi kishilar bilan hamsuhbat bo'lish har qanday kasallikni davolaydi hamda kayfiyatni ko'taradi.

Muloqot qiling!
Do'stlaringiz, qarindoshlaringiz va o'zingiz xush ko'rgan insonlar bilan muloqot qiling. Faqat ular bilan suhbatlashganda tushkunlikka olib keluvchi mavzulardan qoching.

O'yin-kulgu qiling va hayotdan zavq olib yashang! Har bir insonning hayotdan zavq olib yashashi uning o'ziga bog'liq. Shunday ekan, ortiqcha qayg'uga berilmay, hayotingizdagi har bir voqeadan foydali xulosa chiqaring.

O'zingizga yoqqan narsalarni xarid qiling!

Anchadan beri sotib olishni istayotgan buyumlaringizni sotib olsangiz, kayfiyatingiz ko'tarilishi shubhasiz.
Sport bilan shug'ullaning! Zero, sog'lom tanda - sog' aql, depressiya va boshqa ruhiy xastaliklarga esa bu erda o'rin yo'q. 

Diqqatingizni jamlang! Ish, oila - farqi yo'q, o'zingiz uchun muhim bo'lgan narsaga e'tiboringizni qarating. Bu sizni chalg'itib, zulmatdan olib chiqishga yordam beradi. 

Miyangizni kemirayotgan "xasta o'y"ni topib, undan xalos bo'lishga harakat qiling. Bu axir sog'lig'ingizni ketkazishingizga arzimaydi-ku!

Ijobiy fikrlashni hamda  hayotdagi katta va kichik xursandchiliklarni ko'rishni o'rganing! Qisqa qilib aytganda, optimist bo'ling!

O'zingiz ustingizda ishlang, shaxs sifatida rivojlaning!

Omadli kishilar omadsizlarga qaraganda melanxoliyaga kamroq duchor bo'lishadi.

Shuni unutmang-ki, bularga faqat depressiyadan chiqish uchun emas, balki muntazam ravishda rioya qiling.


Комментарии (1) | Добавить: 29.05.2016
1. IDEAL_MEN (01.06.2016 14:21)
Rahmat
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Samsung, Apple va Huawei: kim o‘z smartfonlariga eng ko‘p ustama narx qo‘yadi?
Odam boshini ko‘chirib o‘tkazgan jarrohni yolg‘on gapirganlikda ayblashdi
Och qoringa qahva ichishning zararlari aniqlandi
«O'zbekenergo» AJ qish mavsumida aholiga energiya yetkazib berishni qanday rejalashtirmoqda?
Anhor bo‘yi va Chilonzorda daraxtlar yoppasiga kesib tashlanmoqda
Xitoyda “mo'`jizaviy qurol” namoyish qilindi
Shavkat Mirziyoyev Koreyada kutib olindi
O'zbekistonda mudofaaga oid yangi davlat qo'mitasi tashkil etildi
Toshkentda dam olish kunlari qor yog'ishi mumkin
Rossiya aholisi kamaymoqda: hamma umid muhojirlardan
Eng ko'p haq oluvchi ayol qo'shiqchi ma`lum qilindi
Putin Asad bilan uchrashdi
Toshkentdan chiqish yo'llari to'silgan: Xavfli shaxs qidirilmoqda
Suhbat. Filippindagi o'zbekistonlik menejyerning muvaffaqiyat siri
Muvaffaqiyatli rahbarlar ish kunini qanday o'tkazishadi?
Jyeyms Bond rolini yangi filmda kim ijro etishi ma`lum bo'ldi
Xalqaro Jinoyat Sudi Amerika razvedkasining Afg'onistondagi qora qilmishlarini fosh etadi
1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»
Paxtaga chiqmagani uchun ishdan haydalgan xodimlar ishga tiklandi
Rossiya O'zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
AQSh olimlari idish yuvish umrni uzaytirishini isbotlashdi?
Umrni uzaytirishning oddiy usuli aniqlandi
Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi
Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi
«Real» Zidanga o'rinbosar qidirishni boshladi
Atamboyev endi nima qilishini aytdi
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp platina to'yini nishonlamoqda
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog'istondan topilgan
Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatiga kiritildi