У нас есть только
оригинальные песни

Deputatlar “Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasni qabul qilishdi

calendar 08.01.2016
962

7 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati xabarbermoqda

Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko'rib chiqishgan.
Majlisda deputatlar muhokamasiga “Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi birinchi o'qishda taqdim etilgan.

Amaldagi qonun qabul qilinganidan buyon 22 yildan ziyod vaqt o'tgan bo'lib, bu davr mobaynida mehnatni muhofaza qilish masalalarini tartibga soluvchi, ushbu sohada zamonaviy talablarni belgilovchi ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Hujjatning maqsadi qonun normalarini yangi qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirishdan, tashkilotlarda ish beruvchining va xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo'yicha mas'uliyatini oshirishdan, maxsus vakolatli davlat organining, davlat boshqaruvi boshqa organlarining mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish yuzasidan tegishli nazoratni ta'minlash borasidagi vazifalarini belgilashdan iborat hisoblanadi.

Qonun loyihasi xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalarini, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi Xalqaro mehnat tashkilotining konventsiyalari va tavsiyalarini, 20dan ziyod chet el, shu jumladan, Еvropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha amaldagi normativ bazani takomillashtirishga qaratilgan.

Deputatlar mazkur qonun loyihasining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlashdi.

Muhokamalardan so'ng deputatlar qonun loyihasini kontseptual jihatdan ma'qullab, birinchi o'qishda qabul qilishgan. Mas'ul qo'mitalarga qonun loyihasining deputatlar, mutaxassislar va ekspertlardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda keyingi o'qishda ko'rib chiqish uchun tayyorlash vazifasi topshirilgan.

Яндекс.Метрика