У нас есть только
оригинальные песни

Devid Bekhem: Zidan "Real"ni boshqarish uchun eng munosib nomzod

calendar 05.01.2016
1049

"Real" jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekhem o'zining sobiq jamoadoshi Zinedin Zidanning "Qirollik klubi"ga bosh murabbiy sifatida tayinlanganiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"Bundan yaxshiroq qaror bo'ladimi? O'z o'yinlari orqali barchaning mehrini qozongan inson "Real"ni boshqarishi — bu juda yaxshi.

Zidan ishtiyoqli inson. U hech qachon mag'lub bo'lmagan.

Futbolda katta tajribaga ega bo'lgan murabbiy jamoani qabul qilib oldi. O'ylaymanki, u o'zining yangi lavozimida maroq bilan ishlaydi. Ushbu lavozimga eng yaxshi nomzod", – deya yozdi Bekxem o'zining Instagram`dagi sahifasida.

Яндекс.Метрика