У нас есть только
оригинальные песни

Devid Bekxem Yelizaveta II’ni maftun qildi

calendar 24.06.2015
2884


40 yoshli sobiq futbolchi Devid Bekxem Londondagi qabul marosimida mehmon bo‘lib, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashdi. Bu haqda Segodnya.ua xabar bermoqda. Foto: Segodnya.ua Foto: Segodnya.ua Qirollik qarorgohidagi mazkur qabul marosimi qirolicha tomonidan ta’sis etilgan Queen’s Young Leaders mukofoti taqdimoti va xayriya tashabbusi sharafiga tashkil etilgan edi. Ushbu taqdimot doirasida Millatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining yosh yetakchilari nafaqat qirolicha qo‘lidan sovrinlarni qabul qilib olishadi, shu bilan birga taniqli britaniyaliklar bilan hamsuhbat bo‘lish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishadi. Qirolicha Bekxemni juda iliq kutib oldi va umumiy suratga tushish vaqtida unga yonidan joy berdi.
Яндекс.Метрика