У нас есть только
оригинальные песни

Devid Bouining o‘limidan keyin uning qo‘shiqlarini 4000% ko‘proq odam tinglamoqda

calendar 14.01.2016
988

11-yanvar kuni saratondan vafot etgan afsonaviy qo‘shiqchi Devid Bouining qo‘shiqlarini uning o‘limidan keyin 4000 foiz ko‘proq odam tinglay boshladi. 

NBC’ning qayd etishicha, 11-yanvar kuni Bouining qo‘shiqlarini eshitgan odamlar soni 2822 foizga o‘sdi. Bu ma’lumotlar Spotify internet-servisiga tayangan holda berilmoqda.

1983-yilda chiqarilgan Let’s Dance xitining mashhurligi 3942 foizga, Blackstar’ga bo‘lgan qiziqish esa 1120 foizga o‘sdi.

Qo‘shiqchining Blackstar deb nomlangan so‘nggi albomi Buyuk Britaniyaning asosiy xit-paradida yetakchilik qildi.

Яндекс.Метрика