У нас есть только
оригинальные песни

Di Kaprio Dubayda antiqa uslubda steyk tayyorlaydigan turk oshpazi mehmoni bo‘ldi

calendar 04.02.2017
1951

Leonardo Di Kaprio tarmoqda go‘shtning katta bo‘lagi — steykni mohirona tuzlashi bilan dong qozongan turk Nusrat Go‘kcha restoraniga tashrif buyurdi. Bu haqda oshpazning o‘zi Instagram’da hikoya qildi.

 

Surat Go‘kchaning Dubaydagi restoranida olingan. Foto ostidagi izohda oshpaz restoranida “Oskar” mukofoti sohibi bo‘lganini bildirgan.

Fotoda Go‘kche o‘zining mashhur uslubi — go‘shtning katta bo‘lagiga tuz sepayotgan, Di Kaprio esa bu harakatlarni kuzatayotgan holat aks etgan.

Turk oshpazi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini steykni maydalashning betakror uslubi bilan o‘ziga rom etdi. Go‘shtni tortishdan avval u qo‘lini boshi darajasigacha ko‘tarib, taomga tuz va ziravorlar sepadi.

Яндекс.Метрика