У нас есть только
оригинальные песни

Di Kaprio ko'ngilochar hordiq sohasidagi eng nufuzli shaxslardan biri deya e'tirof etildi

calendar 23.06.2016
1450

Hollivudning mashhur aktyori Leonardo Di Kaprio The Hollywood Reporter jurnalining ko'ngilochar hordiq sohasidagi eng nufuzli 100 nafar shaxslardan iborat reytingda 10-o'rinni egalladi. 

Manbaga ko'ra, "Omon qolgan" filmi deyarli bir aktyor filmiga aylangan, u eng avvalo 41 yoshli Di Kaprio tufayli butun dunyo bo'ylab jami 532 million dollar to'plashga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, aktyor sayyoraning ekologik muammolariga alohida e'tibor qaratib, xayriyaparvar sifatida ko'p ishlarni amalga oshirmoqda. 

Walt Disney kompaniyasi prezidenti Robert Ayger reytingda 1-o'ringa sazovor deb topildi. Undan keyingi o'rinlarda  21st Century Fox egalari - Merdoklar oilasi qayd etildi. Uchinchi o'rinni esa CBS Corp. mediaxoldingi rahbari Lesli Munvs egalladi. 

Shuningdek, mazkur reytingda yuztalikdan joy olganlar orasida rejissyorlar Stiven Spilberg, Jeyms Kemeron va Martin Skorseze, teleboshlovchi va jamoat arbobi Opra Uinfri, aktrisa Jennifer Lourens, aktyorlar Bred Pitt va kenja Robert Dauni nomlari qayd etilgan.

Яндекс.Метрика