У нас есть только
оригинальные песни

Di Kaprio Martin Skorsezening filmida prezident Ruzvelt rolini ijro etadi

calendar 27.09.2017
1584

Taniqli aktyor Leonardo Di Kaprio rejissor Martin Skorseze tomonidan AQShning 26-prezidenti Teodor Ruzveltga bag‘ishlab suratga olinadigan kinodramada bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Deadline Hollywood’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, kartinaga Skorseze, Di Kaprioning o‘zi, shuningdek, Gollivud aktyori va prodyuseri Chak Pacheko birgalikda prodyuserlik qilishadi. Film ssenariysini Skott Blum yozib beradi. Filmning suratga olish ishlari qachon boshlanishi hamda u qachon katta ekranlarga chiqishi aniq emas.

Bunga qadar Di Kaprio Skorsezening bir nechta filmlarida, jumladan, Gangs of New York, The Aviator, Shutter Island, The Departed, The Wolf of Wall Street filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Ayni vaqtda Di Kaprio va Skorseze birgalikda The Devil in the White City hamda Killers of the Flower Moon kitoblarini ekranlashtirish loyihasi ustida ishlamoqda.

Яндекс.Метрика