Di Kaprio yo‘lbarslar populyatsiyasini tiklash haqidagi bitimni imzolash uchun Qozog‘istonga keladi

Gollivud aktyori, “Oskar” mukofoti sovrindori va BMTning iqlim muammolari bo‘yicha elchisi Leonardo Di Kaprio Qozog‘iston poytaxtiga tashrif buyuradi. Aktyorning Qozog‘iston hukumati va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) o‘rtasidagi yo‘lbarslar populyatsiyasini tiklash haqidagi bitimni imzolash marosimiga kelishi kutilmoqda. Bu haqda mahalliy Kazinform agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga qaraganda, bir necha yil avval WWF Ili-Balxash hududida (Qozog‘iston janubi-sharqi) ekotizimni qayta tiklash, shuningdek, yo‘lbarslar populyatsiyasini yaratish masalalarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan.

Bitim 8—9-sentabr kunlari Ostonadagi “Ekspo-2017” xalqaro ko‘rgazma doirasida imzolanishi kutilmoqda.

Rahimbekova BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha elchisi Leonardo Di Kaprioning kelishini tasdiqladi.


Комментарии (0) | Добавить: 26.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]