У нас есть только
оригинальные песни

Di Kaprioning uyida bir hafta yashash 300 ming evroga baholandi

calendar 20.05.2016
1412

Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio o'z uyida bir haftalik dam olishni savdoga qo'ydi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar qildi. Xaridor 300 ming evro evaziga artistning Palm-Springs (AQSh)dagi apartamentlarida yashab ko'rish imkonini qo'lga kiritdi. 

Kim oshdi savdosi OITSni tadqiq qilish Amerika jamg'armasi tomonidan tashkillashtirilgan xayriya auktsioni doirasida Frantsiyaning Lojuvard qirg'og'ida (Cote d'Azur) bo'lib o'tdi. 

Di Kaprioning aytishicha, kim oshdi savdosi g'oliblari yashaydigan paytda u uyida bo'lmaydi. 
Di Kaprioning uyida 12 mehmonning bir hafta yashashi 300 ming evroga sotildi. Ikkinchi hafta esa 100 ming evroga o'z egasini topdi.

 

Яндекс.Метрика