У нас есть только
оригинальные песни

Diametri 15 metrlik asteroid oktabrda Yer yaqinidan uchib o‘tadi

calendar 11.08.2017
1548

Hajmi 15—30 metr bo‘lgan 2012 TC4 asteroidi shu yilning 12-oktabr kuni Yerdan taxminan 44 ming km masofadan uchib o‘tishi kerak, deb yozadi “Interfaks” Yevropa kosmik agentligiga tayanib.

“Bunday kattalikdagi asteroid sayyoramiz atmesferasiga kelib tushgan taqdirda, xuddi Chelyabinsk meteoriti (2013-yilning 15-fevralida qulagan) kabi ta’sirni keltirib chiqargan bo‘lardi”, — deyiladi xabarda.

Astronomlar o‘z navbatida, asteroidning yaqinlashishi sharofati bilan uning tarkibi va parvozi trayektoriyasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Asteroid 2002-yilda kashf qilingan, ammo uning orbitasi o‘ziga xos bo‘lgani uchun, astronomlar yaqin vaqtlargacha uning harakatlanishini kuzata olmagan va Yerga qanchalik yaqin kelishini ayta olmagan edi.

Яндекс.Метрика