У нас есть только
оригинальные песни

Maradona FIFA prezidentligi uchun kurashmoqchi

calendar 29.07.2015
1383

Diego Maradona FIFA prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etishini tasdiqladi. Bu haqida Maradona videomurojaatida aytib o'tdi. "Men futbol uchun, o'z vaqtida meni ish bilan ta'minlagan BAAdagi insonlar, oila a'zolarim uchun FIFA prezidentligi uchun kurashmoqchiman. Men birovdan qasos olish uchun qaytmoqchi emasman. Maqsadim - futbolda ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirish. Argentinaning biror qishlog'i yoki Afrikaning biror bir shahrida ham futbolga qaratilayotgan e'tibor bir xil darajada bo'lishi kerak, deb hisoblayman”, - deydi Maradona. Reglamentga muvofiq, FIFA prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'ymoqchi bo'lganlar shu yilning 26 oktyabr kuniga qadar ariza topshirishlari kerak.
Яндекс.Метрика