У нас есть только
оригинальные песни

Dilnoza Kubaeva nima uchun filmlarda ko'rinmay qolganini tushuntirdi

calendar 05.02.2016
4242

Aktrisa Dilnoza Kubaeva “Darakchi” muxbiri bilan suhbatda so'nggi paytlarda filmlarda juda kam suratga tushayotgani sabablari haqida gapirdi.

“Keyingi paytlarda menga arzirli stsenariy kelmayotgani uchun kinoga tushmayapman. Stsenariyni qo'liga olgan har qanday aktyor va aktrisa obrazidan qanoatlanishi, tomoshabinga nimadir berishini his yetishi, muxlisni vaqti ketgani uchun achinmaydigan darajadagi obraz bo'lishi, ijrochi uchun yesa, yesda qolarli bo'lishi kerak. Shundagina,  u rolini ijro yetishga kirishgani ma'qul.  Tan olib aytish kerak,  men rol tanlayman! Stsenariyni o'qib ta'sirlanmasam rad yetaman!”,-dyeydi aktrisa.

-Keyingi paytda qaysi aktrisaning ijodidan qoniqyapsiz?

- Sevara Solieva. Yuragi bor aktrisa. Ammo, rejissyorlarimiz undan foydalanishmayapti! Nargiza Salmonova ham Sevara kabi professional aktrisa yekanligini isbotlamokda. Dilnoza Umarova degan qiz bor “O'gay ona” va “Erkatoy” kabi filmlar orqali tanish. Ming afsus, ko'plab rejissyorlarimiz shu qizlarni ijrosidan foydalanishmayapti. Ko'plab rejissyorlarni gapi bir  “Ma'quli yo'q!”, ammo borlarini qadrlashmayapti.

Яндекс.Метрика