У нас есть только
оригинальные песни

Dilnoza Kubayeva: “O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti”

calendar 21.07.2017
2047


Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Darakchi” nashriga bergan intervyusida o‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolayotganini aytdi.

“O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti. Bunga avvalo biz — ijodkorlar aybdormiz. Tomoshabinlarning ham ta’siri yo‘q deyolmayman. Dramaturgiyani tushungan-tushunmagan odam ham bizga tosh otishni kasb qilib oldi. Xohlagan kishi kinoni tanqid qila oladigan bo‘ldi. Lekin bu adolatdanmi? Nega aktyor-aktrisalar shifokorlar, o‘qituvchiyu boshqa soha vakillarining ishiga aralashmaymiz-u, bizni siquvga olaverishadi? Gapirishsin, agar shunga asoslari bo‘lsa! Butun boshli ko‘rsatuvlar bugun yaratilayotgan filmlarni qoralashga bag‘ishlanayapti. Ayrim muxlislarimiz teatrga kelib, “Nega bu holatga indamayapsizlar? Mehnatingiz-ku axir”, deb gapirishdi ham. Hozir sizga so‘zlab berayapman, ammo yuragimdagi og‘riq o‘zimga ayon… Biz biror soha vakilini gapirsak, faqat kamchiligini aytmay, yutuqlarini ham tilga olamiz-ku. Nega ijodkorlarga kelganda faqat xatosini izlashadi? Maqtashga arzigulik filmlar yo‘q deysizmi? So‘nggi paytlarda o‘zbek kinosida qanday o‘zgarishlar bo‘layapti, bilishmaydi, lekin mavzu kerak bo‘lsa, kinoga yopishishadi. Axir bu nohaqlik-ku!” — dedi aktrisa.

Jurnalistning “noo‘rin tanqid bo‘layotgan ekan, nega indamayapsizlar?” — degan savoliga javoban, Dilnoza Kubayeva: “Bu birgina menga bog‘liq emas. Kinoga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlardan birida fikrimni aytdim. Gap egasini topdi. Lekin o‘sha odam vaziyat yanada qaltis tus olishiga sabab bo‘ldi. Ehtimol, barcha ijodkorlar birlashsak, noo‘rin tanqidlarga chap bera olarmiz”, — dedi.

Яндекс.Метрика