У нас есть только
оригинальные песни

Diqqatni boshqarishni qanday o‘rganish mumkin?

calendar 11.01.2018
1389

Sizning baxtli hayotingiz, unumdorlik va ishdagi muvaffaqiyatlar diqqatni nazorat qilish va yo‘naltirish qobiliyatingiz bilan chambarchas bog‘langan.

Diqqat-e’tiboringizni bekorga sarflamasdan, uni o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan ishlarga yo‘naltirishning uch usuli to‘g‘risida aytmoqchimiz.

1.Ongli ravishda meditatsiya qilish

Meditatsiya qilish stressni kamaytiradi, tanani bo‘shashtirishga va sizni barcha chalg‘ituvchi omillardan uzoqlashishga yordam beradi. Hammasi juda oddiy: siz o‘tirasiz va diqqatingizni biron-bir narsaga qaratasiz, ko‘pincha o‘zingizning nafas olishingizga.

2. Bir vazifalilik

Ko‘p vazifalilik unchalik samarali emas, ayniqsa gap aqliy mehnat haqida borganda. Bundan tashqari u miyaga zarar keltiradi. Siz har gal diqqatingizni bir ishdan boshqasiga qaratganingizda, miya ortiqcha stressni boshdan kechiradi, diqqatni yangi vazifaga qaratish qobiliyati esa pasayadi.

Bir vazifalilik unumliroq ishlashga yordam beradi va diqqatni bir narsaga uzoqroq qaratishga o‘rgatadi. U samarasiga ko‘ra meditatsiyaga o‘xshaydi: siz qancha ko‘proq mashq qilsangiz, shuncha yaxshiroq bajarasiz, diqqatingizni kerakli ishga ongli ravishda yo‘naltirish shuncha oson bo‘ladi.

3. Muntazam ravishda uzoqlashish

Ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun telefonni olishda sizning ongingiz har keyingi takrorlanishlarda mustahkamlanib boradigan odatlar halqasini hosil qiladi.

Aynan shuning uchun raqamli moslamalardan foydalanishni cheklash juda muhimdir. Bunga o‘xshash diqqatni chalg‘ituvchi omillardan muntazam ravishda uzoqlashishga harakat qiling. Masalan, pochta va xabarlarni kunning ma’lum bir vaqtida tekshiring, bir haftada bir yoki ikki marta smartfon va noutbukni umuman qo‘lingizga olmang.

Яндекс.Метрика