У нас есть только
оригинальные песни

Dmitriy Medvedev tug‘ilgan kunidagi ziyofat dasturxoniga faqat Rossiya mahsulotlarini tortdi

calendar 14.12.2014
1856


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘z tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan ziyofat dastuxonida mehmonlar oldiga faqat Rossiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni tortdi, deb xabar bermoqda "Korrespondent.net”
"Aytishim mumkinki, bugun almashtirib bo‘lmaydigan birorta oziq-ovqat mahsuloti, birorta tovar mavjud emas. Men tug‘ilgan kunimda do‘stlarimni chaqirib, stolda faqat o‘z mahsulotlarimiz qo‘yilishi uchun maxsus topshiriq berdim”, − dedi Medvedev. Uning so‘zlariga ko‘ra, dasturxonga Kavkaz pishlog‘i, Qora dengiz baliqlari tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, G‘arbning Moskvaga nisbatan kiritgan sanksiyalariga javoban Rossiya hukumati 2014-yil 7-avgust kuni Avstraliya, Kanada, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Norvegiyadan mol, cho‘chqa, parranda go‘shti, baliq, pishloq, sut va meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirishga butunlay taqiq qo‘ygan edi.


Яндекс.Метрика