У нас есть только
оригинальные песни

DO'STLARIMNING BORIGA SHUKR

calendar 08.11.2015
1836

Omadimning kulgani shudir, 
Qalbingizda topibman qadr, 
Meni mendan ko'p qadrlagan, 
Do'stlarimning boriga shukr.

Goh yiqilib, gohida turdim, 
Yaxshi yomon kunlarni ko'rdim, 
Yashayapman kim uchun bildim, 
Do'stlarimning boriga shukr. 
Yaxshi kun bor, yomon kun ham bor, 
Dushmanlarim qilolmaydi xor, 
Bir mehrga etmaydilar zor, 
Do'stlarimning boriga shukr.

Sizlarga baxt omad so'rayman, 
Sizlar uchun jonim beraman, 
Men sizlarni yaxshi ko'raman, 
Do'stlarimning boriga shukr.

Boylik uchun do'st emas ular, 
Har insonga yaxshilik qilar, 
Manmanlikdan qochadi bular, 
Do'stlarimning boriga shukr.

Oqibatli bo'laylik derlar, 
Qon qarindosh g'amini yerlar, 
Shoshilmasdan o'ylab ish qilar, 
Do'stlarimning boriga shukr.

Sening baxting ey Ahad Qayum, 
Shular bilan savlatim bo'yim, 
Qadrim bilgan qadrdon bilan,
Nurafshondir, yorug'dir uyim. 
Bir ish boshlab, tugatsam oxir,
Kerak bo'lar maslahat fikr,
Har onimda, borsiz yonimda, 
Do'stlarimning boriga shukr.

Ahad Qayum
Яндекс.Метрика