У нас есть только
оригинальные песни

“Do'stlik” chegarasi ochildi

calendar 06.09.2017
2325

Andijon viloyati, Xo'jaobod tumanidagi “Do'stlik” chegara majmuasida Andijon viloyati hamda Qirg'iziston Respublikasi O'sh viloyati vakillarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ma`lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevning taklifiga binoan 4-5 sentabr kunlari Qirg'iziston Respublikasida bo'ldi. Tashrif doirasida qo'shni o'zbek va qirg'iz xalqlari manfaatlariga xizmat qiluvchi qator kelishuvlarga erishildi.

Chegara majmuasida Qirg'iziston Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar keng jamoatchilik, yurtimizda istiqomat qilayotgan qirg'iz millati hamda yoshlar vakillari ishtirokida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

 

Яндекс.Метрика