У нас есть только
оригинальные песни

DO'STIMGA ATALGAN NOMA!!! (qalbdan qalamga jo bo'lgan noma)...

calendar 30.05.2011
18458
Salom qadrdon do'stim qalaysan? Sog'liklaring,ishlaring, o'qishlaring hammasi joyidami? Hayot tashvishlaridan zerikib, taqdir zarbalaridan charchamay yuribsanmi? Agar bilsang seni ko'p sog'inaman bebaho do'stim. O'tgan bolalik damlarimiz doim yodimda. Seni sog'inib eslasam. Doim kulib turgandaysan meni yonimda.
Do'stim mana bugun o'sha bolaligimiz o'tgan tosh ko'chada ketyabman lekin sensiz. Mana sho'xligimiz o'tgan anhor yonida turibman shu anxor ham seni mendek sog'inib yig'laydi unsiz. Mana do'stlimimizga guvox jiyda bog'idaman lekin sensiz.
Esingdami do'stim bolalikdagi sho'xliklarimiz, arg'imchoq uchib berkinmachoq, hola hola o'ynaganimiz. Esingdami mahallamizi boshida Oisha momoni olma bog'i bo'lardi. Bir kuni bolamizda g'arq pishgan olmani ko'rib Oisha momodan beso'roq olma olgandik. Buni momo ko'rib qolib bizni rosa urushganda sen meni himoya qilib do'stimni urushmang olmani men oldim deganing. Shunda men ham seni himoya qilib u yolg'on aytyabdi men unga olma olamiz dedim deganman. Shunda Oisha momo do'stlimizi ko'rib bizni urushmasdan doim shunday do'st bo'lishgin deb bizga ko'p olma bergandi. Naqadar beg'ubor eng bahtli damlar edi. Bugun o'sha sen sevgan olma yana g'arq pishgan lekin sensiz. Qadrdon do'stim sen bilan hatto orzularimiz ham bir hil edi. Tinmay nimalarnidur orzu qilardik. Doim umid bilan bir birimizga gard yuqturmay hammani havasini keltirib yurardik. Goh gohida urishib ham turardik. Lekin besh daqiqa o'tmay darrov yarashib olardik. Hullas hayotimni eng go'zal damlari bolalik yillarini sen bilan o'tgan. Ex qani shu onlarni bir soniyasi qaytib kelsa edi borimni bergan bo'lardim.Do'stim sen bilan bir bog'chaga borardik, bitta maktabda, bir sinfda o'qirdik.Hatto kollejda ham bir guruxda o'qidik. Kegin kegin esa taqdir va beshavqat masofa o'zini hayot shamolida bizni ajratdi. Kollejni bitirgach sen o'z orzularingni amalga oshirish uchun meni va bolaligimiz o'tgan jonajon qishlog'imizni tashlab chet elga o'qigani ketding. Men esa bolaligimiz do'stligimiz o'tgan qishloqdan keta olmadim. Senga ulkan omadlar tilab, ortingan yig'lab kuzatgancha jonajon qishlog'imda qoldim. Bilasanmi do'stim bu yerda hamma narsa seni eslatib turadi. Tor ko'chadan boshlab to jiyda bog'igacha seni izlaring bor. Garchan sen mendan olisda bo'lsangda qalban har doim yonimdasan. Seni sog'insam bolalikda tushgan surating ko'rib ovunaman. Hayolan doim sen bilan suhbatlashaman dardlashaman,maslahatlashaman. Do'stim doim sen meni yodimdasan. Do'stim seni qanchalar sog'inib qumsaganimni bilsang edi. Bugun do'stlimizga guvox anhor oldiga borib sog'inch yoshlarim bilan anxorni to'ldirdim. Seni har bir gaplaringni qiliqlaringni eslab bolalikga qaytganday bo'ldim. Shu chog' hayolimga savollar chulg'ab oldi. Do'stlik nima o'zi? Insonlar nega bir biri bilan do'st bo'ladi? Bu olti harfdan iborat so'z nimani anglatadi? Do'stlik bu juda ulug' so'z. Do'stlik fidoiliykni talab etadi. Do'stlik bir birini tushunmoq, bir birini qo'llab quvatlamoq. Dard kelsa birga kemirib, suv kelganda birga simirmoq degani. Do'st bu suyanchiq panox dardga va bahtga sheriklik degani. Do'stlikni so'z bilan tariflashga inson ojizlik qiladi. Insonga do'stga doim muhtoj bo'ladi. Bilasanmi men sendan boshqasi bilan do'st bo'lmadim. Chunki hamma bilan do'st bo'lgan hech kimga do'st bo'lolmaydi. Insondi haqiqiy do'sti faqat bitta bo'ladi. Qolganlari esa oshna, ulfat yoki nomigagina do'st bo'ladi. Ahir men qanday boshqasi bilan do'st bo'lay. Boshqalar sendek o'ynab kulmaydi sendek mehr va maslahat bermaydida. Sen meni yagona do'stimsan. Seni bir gaping hech esimdan chiqmaydi. Dunyoda izla qidirib sirdosh. Mendan yaxshi do'stni topolmaysan biroq deb ko'p aytarding. Ha do'stim seni o'rning ko'p bilanadi.Barno deb chaqirgan ovozlaring doim qulog'imda jaranglaydi.Qiziq sen ham eslab turasanmi meni do'stim? Sen ham men sog'inganchalik sog'inasanmi do'stim? Qayda bo'lmagan aziz boshing omon bo'lsin. Omad va baht muhabbat ajralmas hamrohing bo'lsin. Qayda bo'lmagin shuni unutma seni vataning va sodiq qadrdon do'sting sog'inib kutadi....
Qardrli yurtdoshlar do'st tanlashda adashmang va do'stlarni qadrlang. Do'stga aslo hiyonat qilmang. Do'stlarizni ehtiyot qiling.

DO'ST..
Ko'p sog'inaman seni qadrdon do'stim.
Bolalik damlarimiz doim yodimda.
Sog'inib eslasam seni do'stim.
Doim kulib turgandaysan meni yonimda.

Tor ko'chalar eslatar seni.
Mahallamda bor izlaring seni.
Ex do'stim qaylarga tashab ketdim meni.
Do'stim olloh panoxida asrasin seni.

Sen meni sirdoshim eding.
Dardlarga darmonim dardkashim eding.
Bolalikdagi eng qadrdon do'stim eding.
Bugun esa meni sog'intirib qaylarga ketding.

Qayda bo'lma aziz boshing omon bo'lsin.
Omad baht muhabbat hamrohing bo'lsin.
Bolaligimizday yuzing kulib tursin.
Yangi topgan do'sting muborak bo'lsin.

Dunyoda izla qidir sirdosh.
Barnoday sodiq do'stni topolmaysan biroq.
Qayerda bo'lsang ham unutma biroq.
Seni vataning va do'stin kutadi har choq.

miranda_89
Яндекс.Метрика