У нас есть только
оригинальные песни

DO'STLIK BU YASHASH DEMAKDUR yohud DO'STIMGA ATALGAN NOMA 2!!!

calendar 27.07.2011
7252
Salom uzoq olisdagi, eng yaqinim.
Bittagini haqiqiy qadrdon do'stim.
Sog'inching sarxatlaridan imxomlanib.
Bugun senga yana hat yozdim...


Bilmadim hatim ehtimol yetib borar senga.
Qayda bo'lsang ham omon bo'l shu kerak menga.
Dardlarimni sendan boshqa aytaman kimga?
Nima bo'ldi do'stim bilmadim bizga.
Ehtimol ko'z tegdi, ko'zlar tegdi do'stligimizga...

Qalbimda o'chmas bo'lib izing qolgan.
Bolaligimiz o'tgan qishloq ham seni sog'ingan.
Ex do'stim taqdir bo'ladi bizni uzoqlashtirgan...

Bilasanmi do'stim men seni oyga o'xshaman.
Oy kabi bir to'lib chiqasanu, kegin uzoqlarga ketasan.
Men seni yana quyoshga o'xshataman.
Yarim kunni yoritgan quyosh kabi, so'ng sog'intirib ketasan.
Seni yana yorqin yulduzlarga o'xshataman.
Yulduzlarday tunni yoritib, kulsang quvonch baxsh etasan.
Yana sen osmonga o'xshaysan huddi musaffo osmondek qalbing pok,
Bulutlarday samimiysan...

Bilasanmi do'stim bolalagimiz o'tgan irmoqlar ham seni mendek sog'indi.
Qishlog'imizda hamma narsa o'sha o'sha hech nima o'zgarmadi.
Lekin menga seni qadring juda yomon bilindi.
Kecha qishloqdagi keng dalalar seni mendan so'radi...

Meni esa indamay jim sukunatga cho'lgandim.
Seni eslab hotirlab,
Go'yo bolalikka yana qaytganday bo'ldim.
Unutma meni do'stim, men seni hech unutmadim...

Yillar o'tar ekan beshafqat.
Lek do'stlik qolar ekan abad.
Do'stim senga bir savol beraman faqat.
Menga haliyam avvalgiday do'stsanmi ayt ?

O'tar inson yaxshi yomoni.
Kelsa kunlar yaxshi yomoni.
O'tsa ham necha necha yillar to'zani.
Do'st bo'lib qolamizmi?

Yig'lasam kulganimda ham.
Sog' yoki kasalligimda ham.
Boy yoki kambag'alligimda ham.
Yoshligu qariligimda ham.
Doim yonimda bo'lasanmi?
Menga do'st bo'lib qolasanmi?

Do'stlik aslida nima u?
G'amga sherik baxtga ko'mak u.
Inson ishongan tog'i u.
Qiyomatga savobin berar do'stku.
Sen menga qiyomatli do'st bo'lasanmi?

Aslida ko'p do'stim senga aytar gapim.
Sog'inganingda sms yozib, telefon qilib turgin.
Qayda bo'lsang ham o'zini ehtiyot qilgin.
Baxtimga do'stim sog' omon kulib yurgin.
Shu yerda nuqta qo'ydim tugab xatim.
Lekin senga yana hat yozaman she'r qilib dilso'zim...

Do'stlik Barno uchun yashash demakdur.
Chunki do'stsiz hayot oson kechmasdur.
Do'stim bitta men uchun u buyuk nematdur.
Sher yoqqan bo'lsa izox yozish sizlardandur....

miranda_89
Яндекс.Метрика