loading...

 

Dollar bir yarim yil ichida ilk marotaba 58 rubldan pasaydi

AQSh dollari va Yevropa umumiy valyutasi yevro Rossiyaning milliy valyutasi – rublga nisbatan o'z qadrini yo'qotmoqda. Rubl so'nggi bir yarim yildagi qadrini tiklamoqda. Bunga carry trade sarmoyadorlarining Rossiya aktivlariga qiziqishi ortayotgani sabab qilib ko'rsatilayapti.

13 fevral kuni soat Moskva vaqti bilan 10:28da dollar kursi "ertaga" hisobi bilan 0,14 rublga tushib, 58,1 rublni tashkil etdi. Yevro esa, 0,15 rublga arzonlashgan va 61,80 rubl etib belgilangan. Moskva birjasi ma`lumotlari shundan darak bermoqda. 

Bunda savdo boshlanishida rubl dollarga nisbatan 57,9625 rublgacha ko'tarilgan. Bu borada yevroga nisbatan ko'rsatkich 61,32 rubl bo'lgan. Ayni raqamlar 2015 yil iyul va iyun oylaridan keyingi eng past ko'rsatkichlardir. 

Markaziy bank qat`iy pul-kredit siyosati olib borayotgan bir vaqtda rivojlangan mamlakatlar qarz instrumentlaridagi stavkalarning turli-tumanligi investorlarning e`tiborini Rossiyaga qaratmoqda. Bu ayni vaqtda carry trade doirasida Rossiyaga sarmoyalar oqimini kuchaytirmoqda.

Sarry trade usulida investorlar stavkasi kamroq banklardan qarz olgan holda, boshqa daromadi yuqoriroq sohalarga katta pul tikadi.  


Комментарии (0) | Добавить: 13.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash
Загрузка...