У нас есть только
оригинальные песни

Dollarning kunlik eng ishonchli kursini endi qayerdan bilish mumkin?

calendar 06.09.2017
1742

Kecha, 5 sentabr kuni respublika valyuta birjasida o'tkazilgan savdolarda AQSh dollarining so'mga nisbatan qiymati 10 so'mga ortib, 1 dollar 8110 so'm miqdorida baholandi. 

5 sentabrgacha aksariyat odamlar dollarning bozor kursini aniqlashda turli shubhali telefon ilovalari va saytlardan foydalanishar edi. Endi Prezident farmonidan so'ng davlatimizda valyuta bozori liberallashtirilgach, kursni «qora bozor»dagi ko'cha odamlari emas, respublika valyuta birjasida bo'lib o'tgan savdolarga qarab o'rnatib borilishini hamma ham bilmasa kerak.

Bundan buyon dollarning O'zbekiston respublika valyuta birjasida o'rnatilgan kunlik kurslarni ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Яндекс.Метрика