У нас есть только
оригинальные песни

Dollarning rasmiy kursi 7800 so'mdan pastga tushdi

calendar 16.07.2018
910

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 17 iyuldan boshlab valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to'lovlari uchun xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko'ra, 1 AQSh dollari 25,61 so'mga arzonlagan va 1 dollar 7787 so'mu 81 tiyinga teng bo'lib turibdi. 

Yevro kursi esa 76,80 so'mga pasayib, 9100.06  so'mni tashkil qilgan. 1 Rossiya rubli kursi 0,35 so'mga ko'tarilib, 124.54 so'm bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, fevral oyi boshida 8200 so'mga yaqinlashgan dollar kursi, keyingi haftalar davomida kurs uzluksiz arzonlab kelmoqda.

Ma`lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog'ida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Яндекс.Метрика