У нас есть только
оригинальные песни

Donald Tramp agar istasa, saylovlarni sotib olishi mumkinligini bildirdi

calendar 21.04.2016
988

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodlikka da’vogar Donald Tramp mamlakatdagi saylov tizimi “juda yomon va adolatsiz” ekanligi, shu bois, agar istasa, saylovlarni sotib olishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u 20-aprel, chorshanba kuni Indianapolisda bo‘lib o‘tgan tarafdorlari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.

“Ishoning, saylovlarni kerak bo‘lsa bir necha marta sotib olishim mumkin edi. Bu juda yomon va adolatsiz tizim”, — deya ta’kidlagan Tramp. 

Milliarder prezidentlikka nomzodlar ilgari suriladigan partiya syezdi delegatlari qo‘llashiga erishish uchun ayrim nomzodlar shtablari tomonidan uyushtiriladigan qabullarni misol keltirdi. 

“Ular delegatlarni samolyotga o‘tqazib, kurortlarga jo‘natishi, ziyofatlar uyushtirishi, mehmonxonalar buyurtma qilishi mumkin. Bu esa ularning saylovlarni sotib olishlari mumkinligidan dalolat beradi. Mabodo shunday “Saylovlarni sotib ol o‘yini bo‘lganida, shubhasiz, unda g‘olib chiqqan bo‘lardim”, — deya ishontirgan Tramp.

Яндекс.Метрика