У нас есть только
оригинальные песни

Donald Tramp AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozondi

calendar 09.11.2016
1956

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozondi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Bu Viskonsindagi ovozlar hisoblab chiqilganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Mazkur shtatdagi muvaffaqiyatdan so‘ng, Tramp saylovda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan tanlovchilarning 270 ovozini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 2016-yilning 19-dekabr kuni AQShning yangi prezidenti va vitse-prezidenti uchun tanlovchilar hay’ati ovozi beradi. 2017-yil 20-yanvar kuni esa saylangan prezident qasamyod qilib, vakolatlarini bajarishga kirishadi.

Яндекс.Метрика