У нас есть только
оригинальные песни

Donald Tramp Filippinga keldi

calendar 12.11.2017
904

AQSh Prezidenti Donald Tramp Filippin poytaxti Manilaga keldi. Bu haqda AP xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, u Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitida ishtirok etadi. Tramp Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Duterte Trampni muhim mehmon kabi qabul qilishga va`da bergandi. 11 noyabr kuni Oq uy rahbari Filippin prezidenti bilan Vetnamdagi OTIH sammiti vaqtida ilk marta ko'rishgani haqida ma`lum qilgandi.

Bundan avvalroq Tramp tashrifi arafasida Manilada namoyishlar boshlangani, politsiya namoyish ishtirokchilarini kuch bilan tarqatayotgani haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика