У нас есть только
оригинальные песни

Donald Tramp: «IShIDning kuni bitdi»

calendar 12.07.2017
2152

AQSh prezidenti Donald Tramp xalqaro terrorchilik tashkiloti IShIDning kuni bitayotganini ta`kidladi.

Uning aytishicha, gazandalar egallab olgan yerlarining katta qismini yo'qotishgan.

«IShIDning kuni bitdi. Tez orada ularni Iroq va Suriya hududidan haydab chiqaramiz. Chegaralarni noqonuniy bosib o'tish 75 foizga kamaygan», deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

AQSh prezidenti kecha IShID ustidan yirik g'alabaga erishilgani haqida yozgan va ko'pchilikning fikricha, bu bilan terrorchilarning rahbari Bag'dodiyning o'limiga ishora qilgandi.

Яндекс.Метрика