У нас есть только
оригинальные песни

Donald Tramp Osiyo turnesini boshladi, birinchi manzil - Tokio

calendar 05.11.2017
1314

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga Yaponiyaga yetib keldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar tarqatdi.

Bu mamlakatga tashrif Trampning Osiyoga 13 kunlik turnesining boshlang'ich nuqtasi bo'ldi. U safari davomida Vetnam, Xitoy, Janubiy Koreya va Filippinda ham bo'ladi.

Turnedan oldin Donald Tramp Vetnamda o'tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashishi mumkinligini aytgandi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday uchrashuv ehtimolini istisno etmadi.

U yakshanba kunining ikkinchi yarmida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ishchi uchrashuv o'tkazadi, keyin ikki siyosatchi golf o'ynashadi. Saytama prefekturasidagi Kavagoeda bo'lib o'tadigan o'yinda ularga mashhur yaponiyalik golfchi Xideki Matsuyama qo'shiladi. Dushanba kuni Tramp Yaponiya imperatori huzurida bo'ladi,  shu kuni yapon-amerika sammiti o'tkaziladi, keyin Tramp va Abe o'tmishda shimoliy koreyalik agentlar tomonidan o'g'irlangan yapon oilalari bilan uchrashadi.

Yaponiyadan keyin Tramp 6-7 noyabr kunlari Janubiy Koreyada bo'ladi, 8 noyabr kuni u Xitoyga boradi, 10 noyabrda esa Vetnamga yo'l oladi, bu yerda Osiyo-Tins okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti o'tkaziladi, Trampning Osiyoga turnesi 12-14 noyabr kunlari Filippinga safar bilan yakunlanadi.

Яндекс.Метрика