Donald Tramp Vladimir Putin bilan kelishib olishga umid qilmoqda

11 yanvar kuni milliarder tadbirkor va respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp o'zining ilk rasmiy matbuot anjumanini o'tkazdi. Oq uyning bo'lg'usi xo'jayini tashqi va ichki siyosatga doir savollarga javob qaytargan, tanqidchilari hamda o'ziga nisbatan "fosh qiluvchi" hujjatlarning e`lon qilinishiga munosabatini bildirgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar Trampga Rossiya bilan bo'lg'usi munosabatlar xususida ko'plab savollar berishgan. Respublikachi prezident saylovoldi kampaniyasi chog'ida ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yaxshilash fikrini ilgari surgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu muammoni hal etishga urinishini ta`kidlagan edi. 

Tramp bu fikrini yana bir bor takrorlagan. "Bilmayman, Putin bilan kelisha olamanmi, yo'qmi, ammo shunga umid qilaman", — degan Tramp. Uning ta`kidlashicha, Moskva IShID guruhiga qarshi kurashda yordam bera oladi. 

Shu bilan birga, u "reboot" (qayta kuchaytirish) so'zini Amerika-Rossiya munosabatlariga qo'llashni istamagan. "Bunday tugma yo'q. Biz yo kelishamiz yoki yo'q", — degan saylangan prezident. 

Trampning qo'shimcha qilishicha, u Rossiyaga nisbatan qat`iyatliroq siyosat yurita oladi. "Hillari Klinton Trampga qaraganda Putin bilan qat`iyroq bo'lganiga kim ishonadi?" — deya o'zining qattiqqo'l bo'lishiga ishora qilgan Tramp. 

"Ammo, Putinga Tramp yoqsa, bu ustunlik deyiladi", — deb ta`kidlagan saylangan prezident. 

U, shuningdek, kiberhujumlar muammosi va uning atrofida bo'layotgan mashmashalarga ham o'z fikrini bildirgan. Trampning ta`kidlashicha, AQSh kiberxavfsizlik reytingida so'nggi 17-o'rinni egallaydi. Shu bilan birga, uning aytishicha, AQShdagi saylovoldi kampaniyasi chog'ida amalga oshirilgan kiberhujumlarni Rossiyadan boshqa mamlakat ham amalga oshirgan bo'lishi mumkin. 

Trampning yodga olishicha, 2015 yilda xakerlar Amerika davlat idoralarining tizimlariga hujum qilib, 22 mln kishining shaxsiy ma`lumotlarini o'g'irlagan edi.  "O'shanda, 22 million ma`lumotni o'g'irlatdik, ammo undan katta shov-shuv yasalmadi. Balki, buning ortida Xitoy turgandir", — degan Tramp. 


Комментарии (0) | Добавить: 12.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan Jahongir Otajonovning konsertni qanday o'tdi
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Forbes eng serdaromad futbolchilar kimligini ma`lum qildi
Chempionlar ligasi finali ilk bor tomi yopiq stadionda o'tkaziladi
Balotelli: "Oltin to'p"ni yutishim uchun Messi va Ronalduni o'ldirishim kerak
Shoygu o'zbekistonlik hamkasbiga G'alaba Bayrog'i nusxasini topshirdi
Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?
Rossiyaning 200 va 2000 rubllik yangi banknotalari chiqariladigan sana ma`lum qilindi
Forbes: Rossiyaning eng badavlat merosxo'rlari reytingi
Jizzaxda “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalariga start berildi
Uyqusizlikdan qutulishning 5 usuli
Uyda muzdekkina yaxna choy tayyorlaymiz
Mail.ru Group yangi messenjerni ishga tushirdi
Farrux Zokirov: Botir akam — ijodiy vijdonim
Tailand poytaxti kuchli jala tufayli suv ostida qoldi
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumaniga tashrif buyuradi