У нас есть только
оригинальные песни

Donald Tramp yettita musulmon mamlakatiga viza berishni to'xtatadi

calendar 26.01.2017
2209

AQSh prezidenti Donald Tramp asosiy aholisi Islom diniga e`tiqod qiluvchi yetti mamlakat fuqarolariga viza berishni to'xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press agentligi, o'z ixtiyorida paydo bo'lgan farmon loyihasiga asoslangan holda xabar qilmoqda

Ta`kidlanishicha, loyihada Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman mamlakatlari nomlari bor. 

Ushbu mamlakatlarga vizalarni taqdim qilish kamida bir oyga to'xtatiladi. 

Bundan avval, Donald Tramp AQSh chegarasini qo'riqlash va immigratsiya xususida farmonlarni imzolagani haqida xabar berilgan edi.

Яндекс.Метрика