Donald Trampning samolyoti Air Force One'ga qarshi

Aksariyat davlat arboblari Oq uyga birinchi raqamli havo kemasi - Air Force One'da tashrif buyurishni o'zlari uchun sharaf deb bilishgan. Biroq Donald Tramp bu an`anaga chek qo'ydi va AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvga o'zining Boing-757 samolyotida tashrif buyurdi. Bu haqida The Telegraph nashri ma`lum qildi. 

Bunday qaror AQShning 45-prezidenti o'zining selebriti imijini saqlab qolishiga doir bir qator savollarni yuzaga keltirdi. Ma`lumki Tramp shaxsiy samolyotdan tashqari, 58 qavatli pentxausga ham egalik qiladi. 

Tramp Force One

Tramp 2011 yilda ushbu qimmatbaho havo kemasini xarid qilgan va uni imkon doirasidagi barcha hashamat jihozlari bilan bezagan. 

Manbaga ko'ra, prezidentlik poygasidagi g'alabasidan keyin u samolyot nomini Trump Force One'ga o'zgartirgan.

Ma`lumotlarda keltirilishicha, uning bahosi 100 million dollardan ortiq bo'lib, unda ikki yotoqxona va Rolls-Royce turbo-ventilyatorli kuchli dvigatellar majud. Samolyotning aksariyat jihozlarida tilla elementlarini ko'rish mumkin. Yotoqxonani Trampning oilaviy belgisi tasviri tushirilgan ipak yostiqlar bezab turadi. 

Samolyotda 57 dyuymli ekrandan iborat uy kinoteatri Donald Trampning xizmatida. 


 
Air Force One

Trampning havo kemasi rasmiy prezidentlar samolyotidan kichikroq. Uning samolyoti 43 kishiga mo'ljallangan bo'lsa, Air Force One  - 102 o'rinli. 

Air Force One'da konferensiya zali, mashq xonasi va signal raketalari bor. 

Unda dunyoning eng nufuzli kishisining salomatligini nazorat qilish uchun "tibbiy markaz" xizmat ko'rsatadi.

Obama Klinton kampaniyasini o'tkazishda Air Force One'dan foydalandi - bu fakt Trampning nazaridan chetda qolmadi, albatta. 

"Nima uchun prezident Obama Hillari Klinton kampaniyasini o'tkazishda Air Force One'dan foydalandi? Ular ertaga birga uchishar ekan. Parvoz kimning hisobidan amalga oshiriladi?"

U Air Force One'ning dvigatellari eski bo'lgani hamda janob Obama o'zidan keyin doim ulkan uglerod iz qoldirganini ta`kidlagan.


Комментарии (0) | Добавить: 11.11.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan salkam 0,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi
«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi
O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?
Dollarning qiziqarli tarixi
Rossiyada Putinning reytingi tushib ketdi
Xitoylik harbiylarga ishga ovqat olib kelish va onlayn translyatsiya taqiqlanadi
KXDR yadro qurolini boshqa davlatlarga bermaslikka va`da qildi
GM Uzbekistan avtomobil yetkazib berishni tezlashtirishni va’da qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinadi
ukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi
iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi
Nokia X’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”
Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda
AQShlik bloger halokatga uchrayotgan samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi
«Telegram bloklanganidan keyin ham g'alaba qozondi»
Kelajak oziq-ovqati: 10 yildan keyin dunyo ahli nima tanovul qiladi
Манзура билан очиқ видеоинтервью: унга Тамиладан ҳам баттар муносабатда бўлишяптими?
Президент фармони: Янги давлат мукофоти таъсис этилди
Qirg‘izistonlik o‘ymakor usta Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo cheklovlarini tayyorlamoqda
Yuridik ma`lumotga ega bo'lmay qayta tayyorlashdan o'tib yuridik xizmatda ishlash mumkin bo'ladi
Toshkentda 1-maydan sovuq suv narxi oshadi
1 iyuldan boshlab O'zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi
Moskvada havo harorati 70 yillik rekordni yangiladi
Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi
Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod quradi
Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi
AQSHda 522 kiloli pirog tayorladi
«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda