У нас есть только
оригинальные песни

DTM jadvali e’lon qilindi: kvotalar va abituriyentlar soni

calendar 18.06.2017
4038

Davlat test markazi saytida oliy ta’lim muassasalariga 2017-yilgi qabul ma’lumotlari aks etgan jadval paydo bo‘ldi.

Unda har bir OTM uchun ajratilgan kvotalar, shu kungacha hujjat topshirgan abituriyentlar soni va har bitta o‘rin uchun nechta abituriyent to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan. OTMlarning fakultetlari bo‘yicha ham xuddi shunday ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Ayni paytga qadar eng ko‘p hujjat Andijon davlat universitetiga topshirilgan, bu yerda qabul komissiyasiga 419 abituriyent o‘z hujjatini topshirgan. O‘zbekiston milliy universiteti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning Urganch filiali, Termiz davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti va boshqa OTMlarga esa hali birorta hujjat topshirilmagan.

Яндекс.Метрика