У нас есть только
оригинальные песни

Dubay amiri ish vaqtida idoradan topa olmagan 9 nafar amaldorni lavozimidan chetlatdi

calendar 30.08.2016
1480

Birlashgan Arab Amirliklarining bosh vaziri va Dubay amiri shayh Muhammad davlat idorasiga kutilmagan tekshiruv uyushtirganidan  so'ng to'qqiz nafar yuqori martabali amaldorlarni lavozimidan chetlatishni buyurdi. Bu haqida The National habar berdi

Yakshanba kuni ertalab shayh Muhammad kutilmaganda davlat muassasalari, shu jumladan, Yer masalalari va Iqtisodiy taraqqiyot departamentlari, shuningdek Dubay aeroportini tekshirishga qaror qildi. BAAda asosiy dam olish kuni juma hisoblanadi, ish haftasi esa yakshanbadan boshlanadi. 

Shayh Muhammad idora honalari bo'ylab yurib, ulardan ba`zilarida hech kim yo'qligini ko'rgan. Shayh tashrifi haqidagi video va suratlarini taqdim etgan Davlat bayonot hizmati rahbari Halif Saidning so'zlariga ko'ra, yuqori martabali amaldorlar joylarida bo'lishmagan. 

Tashrifning ertasiga shayh 9 nafar amaldorni ishdan bo'shatishni buyurdi. Ularning orasida – Huquqiy masalalar departamentining ijrochi direktori, ma`muriyat rahbari, bosh direktor o'rinbosari va bir qator yordamchilar bo'lgan. 

Rasmiy ma`lumotga ko'ra, ularning iste`fosi “taraqqiyotning keyingi bosqichi uchun mas`uliyatni yosh avlod o'z zimmasiga olishiga imkon yaratilishi” bilan bog'liq. BAA vitse-prezidenti lavozimidan chetlatilgan amaldorlarga ko'rsatgan hizmatlari uchun minnatdorchilik bildirib, kelajakda ularga omad tiladi. 

67 yoshli shayh Muhammad 2006 yildan beri Dubayni boshqarib keladi. U amirlikdagi bir qator kompaniyalar (Emirates aviatashuvchisi, mashhur Burj Al-Arab mehmonhonasi, pal'm oroli) taraqqiyotiga shahsan hissa qo'shgan.

Яндекс.Метрика