У нас есть только
оригинальные песни

Dubayda birinchi eko-masjid ochildi

calendar 14.11.2016
1384

Dubay shahridagi “yashil hudud” deb ataluvchi Sustainable City tumanida birinchi eko-masjid ochildi. Mazkur inshoot 700 nafar namozxonni o'z bag'riga sig'dira oladi. Bu haqda Muxlis.uz xabar bermoqda.Masjid qurilishida atrofga kam zarar keltiruvchi ekologik sof, tejamkor yuqori texnologiyalardan foydalanildi. Masalan, mazkur masjid, boshqalari bilan qiyoslaganda, 90 foizga kam energiya sarflaydi. Avtomobillar turar joyi quyosh batareyalari asosiga ishlaydi. Eslatib o'tamiz, Sustainable City tumanining umumiy maydoni 460 ming kv.m bo'lib, u 3 prinsipga— ekologik soflik, tejamkorlik va ijtimoiylik—asoslangan. Shaharcha tevarak atrofga qariyb zarar keltirmaydi.

Яндекс.Метрика