У нас есть только
оригинальные песни

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi

calendar 11.02.2018
1814

Dubayda 12 fevralda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi. Bu haqda BAAning Khaleej Times nashri ma`lum qildi. 

Bungacha bu borada rekord Dubaydagi JW Marriott Marquis mehmonxona majmuasiga tegishli edi. Uning ikkita 72 qavatli minorasining balandligi 355 metrni tashkil qiladi.

Yangi rekordchi mehmonxona Gevora deb nomlanib, Sheikh Zayed Road markaziy ko'chasida, xalqaro savdo markazi yaqinida joylashgan. Mehmonxona 75 qavatdan iborat bo'lib, balandligi 356 metrni tashkil qiladi. Mehmonxonada 528 ta xona bor. Unda suv havzasiga ega sog'lomlashtirish markazi, 4 ta restoran va shaharga manzara ochiluvchi bar mavjud. 

Яндекс.Метрика