У нас есть только
оригинальные песни

Dubayda havoda muallaq turuvchi birinchi minorani qurishmoqchi

calendar 30.03.2017
2521

Nyu-Yorkning Clouds Architecture Office me’morchilik byurosi orbitada muallaq turgan asteroidga quriladigan va hech bir mubolag‘asiz osmondan osilib tushadigan baland bino loyihasi haqida gapirib berdi, deb yozadi “Populyarnaya mexanika”. Ya’ni uning birinchi qavati koinotda, tomi esa Yerda bo‘ladi.

Bino Analemma Tower deb ataladi, uni arxitektorlar Dubay osmonida qurishni rejalashtirmoqda. Yig‘ib bo‘lingan modellar Yerdan olinib, minoraning kabellar orqali asteroidga biriktirilgan poydevoriga mahkamlanadi. “Yangi namunadagi bino havoda muallaq turishi tufayli, uni istalgan joyda yig‘ish va so‘ngra, u uchun mo‘ljallangan joyga keltirish mumkin”, — deydi arxitektorlar.

Analemma Tower har kuni janubiy va shimoliy qutb oralig‘idan o‘tadigan va sakkiz raqamini eslatuvchi trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Orbitaning eng pastki va sust nuqtasida bino Manxetten ustidan o‘tadi.

Minora koinotdagi o‘z asosiga o‘rnatilgan quyosh panellari orqali quvvat oladi, suvni esa bulutlar va yomg‘ir suvlaridan to‘playdi.

Яндекс.Метрика