У нас есть только
оригинальные песни

Dubayda Mikki Mausning rekord balandlikdagi gulli haykali qad ko'tardi

calendar 26.02.2018
1310

Disney multqahramoni Mikki Mausning gullardan yasalgan eng baland haykali Dubayda qad ko'tardi. Khaleej Times nashri shu haqida xabar berdi.

Mikki Maus haykalining gulli shakli Dubai Miracle Garden bog'ida mashhur multfilm qahramonining 90 yillik yubileyi sharofati bilan paydo bo'ldi. Uning balandligi 18 metrni tashkil qiladi, "gulli" Mikki Maus 100 ming gul va o'simlikdan yaratilgan bo'lib, 35 tonna og'irlikka ega. 

Nashrda yozilishicha, Mikkining ushbu gulli shakli Ginnesning Rekordlar kitobiga eng baland gulli haykal sifatida kiritiladi. 100 kishidan iborat dizayner va muhandislar uni yasash uchun 45 kun sarflashdi. 

Яндекс.Метрика