У нас есть только
оригинальные песни

Dubayda salkam 300 mln dollarlik safari-hayvonot bog'i ochiladi

calendar 11.12.2017
1281

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Dubai Safari nomli hayvonot bog'i foydalanishga topshiriladi. 1 milliard dirham (270 mln dollar) evaziga barpo etilgan ko'ngilochar dam olish maskani 12 dekabrdan mijozlarga o'z eshiklarini ochadi, deb xabar qilgan shahar ma`muriyati. 

Hayvonot bog'i asosan quyosh energiyasidan quvvat oladi va ekologik toza loyiha hisoblanadi. Park maydoni 119 gektarga joylashgan. Loyihaning ilk bosqichida 3,5 ming hayvon bo'lishi aytilmoqda. 

U ochiq "safari" uslubida barpo etilgan bo'lib, unda maxsus transport vositasida sayr qilish mumkin. Bog'da "Osiyo, Afrika va Arab "qishloqlari" barpo etilgan. 

Яндекс.Метрика